- Автор: Hamidulla Akbarov
- Язык: O'zbek tilida
- Алфавит: Lotin yozuvida
- Издательский: Marifat
- Год: 2008
- Просмотры: 360
Dastlabki uchrashuvda Rahim aka meni biroz uyaltirgan edi. Moskvadan kelgan rejissyor bilan kinochilar uyushmasida suhbat qurib o‘tirganimizda choy keltirishdi. Yig‘ilganlar orasida eng yoshi men ekanman, shoshib-pishib piyolalarga ko‘k choy quya boshladim. Shunda Rahim aka sekin choynakni oldiga tortdi. Choyni uch marta asta qaytardi, har gal izoh berib turdi: “Ana loy bo‘ldi, ana moy bo‘ldi, nihoyat choy bo‘ldi. Endi quying”, deb choynakni menga uzatdi. O‘sha kuni birgina savolimga javob olgandim. «Ko‘p rollarni o‘ynagansiz, birortasida oldin topilgan ijro texnikasini, xatti-harakatingizni, imo-ishorangizni, xullasi, ijro yo‘lingizni qaytarmadingiz. O‘zingizni cheklaysizmi, kamera ro‘parasidagi harakatingizni nazorat qilib borasizmi?» deb so‘ragan edim, aktyor darhol javob berdi: