Tasviriy san'at 7-sinf
- Автор: Sulaymonov A.
- Язык: O'zbek tilida
- Алфавит: Lotin yozuvida
- Издательский: Respublika ta'lim markazi
- Год: 2022
- Просмотры: 604
Hurmatli oʻquvchi! Sizga taqdim etilayotgan ushbu yangi avlod darsligida tasviriy sanʼatning turlari, janrlari, oqim va yo‘nalishlari, ijodkor rassomlar, dizayn, kompozitsion faoliyat, kitobat sanʼati haqidagi maʼlumotlar bilan tanishasiz. Tasviriy sanʼat darslarida olgan bilimlaringiz, o‘zlashtirgan amaliy kompetensiyalaringiz kasb tanlashingizda sizga yaqindan yordam beradi. Buning uchun darslikdagi mavzularni qunt bilan oʻzlashtirishingiz, amaliy topshiriqlarni bajarib, oʻz mahoratingizni oshirib borishingiz lozim boʻladi. Umid qilamizki, ushbu darslik ijodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan rassomlik, haykaltaroshlik, dizaynerlik, meʼmorlik kabi kasblar haqida tasavvur hosil qilishingiz uchun muhim manba vazifasini o‘taydi.