PYTHON TILIDA DASTURLASH ASOSLARI (I-QISM)
- Author: AXATOV AKMAL, NAZAROV FAYZULLO
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Samarqand
- Year: 2020
- Views: 95
Hozirgi vaqtda barcha sohalarni axborot texnologiyalarisiz tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Jamiyatning barcha sohalariga axborot texnologiyalarini
jadallik bilan kirib borayotgan bir vaqtda, ta’lim sohasida ham axborot
texnologiyalarining o‘rni keskin ortib bormoqda. Hozirda raqamli
iqtisodiyot va raqamli texnologiyalarning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan
dasturlash texnologiyalarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb
masalasi hisoblanadi. Bugungi kunda ma’lumotlar oqimining ko‘pligi
tufayli ularni qisqa vaqt ichida qayta ishlash muommosi ham ortib
bormoqda.