166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

BOLALARGA BADMINTONNI O‘RGATISH METODIKASI

BOLALARGA BADMINTONNI O‘RGATISH METODIKASI

  • Author: SAMADOVA O‘KTABAR XASANOVNA
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Jizzax
  • Year: 2025
  • Views: 90
Sign up for read
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida rivoj topayotgani ushbu soha bo‘yicha kadrlar tanlash, o‘qitish va tayyorlash sifatini oshirish masalasini muhim strategik jarayonga aylantirmoqda. Mazkur jarayonlarni amalga oshirishda “Ta’lim to‘g‘risida”, “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda shu sohani rivojlantirish bo‘yicha yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan Farmonlar va hukumat qarorlarida qayd etilgan dolzarb vazifalarga asoslanish o‘ta zarur shartlardan biridir. Malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash ustuvor jihatdan zamon talablariga mos ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini yaratish, shaklantirish hamda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish choralariga bevosita bog‘liqdir.