DAKTILOLOGIYA VA IMO-ISHORA NUTQI (surdopedagogika ta’lim yo‘nalishi)
- Author: .N.Mamarajabova, M.M.Abdullayeva
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Zebo Prints
- Year: 2024
- Views: 87
Mazkur o‘quv qo‘llanmada kar va zaif eshituvchi bolalarni daktil va imo-ishora nutqiga o‘qitish tizimi tavsifi, daktil va imo-ishora nutqiga o‘rgatish uslubiyati bayon etilgan. O‘quv qo‘llanmada daktil va imoishora nutqiga o‘qitish metodikasining barcha bo‘limlarida ishlar maxsus maktabda eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning nutqiy rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda korreksion yo‘nalishda tashkil etilishi yoritilgan. O‘quv qo‘llanma 60110400-Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qо‘shimcha surdotarjimon ) yo‘nalishi uchun daktil va imo-ishora nutqiga o‘qitish metodikasi namunaviy dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, talabalar uchun mo‘ljallangan. Mazkur o‘quv qo‘llanma kar va zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab-internati o‘qituvchilari tomonidan qo‘llanilishi mumkin.