AXLOQ FALSAFASI
- Author: LA’LIXON MUHAMMADJANOVA, ABDULLA SHER, GULCHEXRA SHADIMETOVA
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2023
- Views: 93
Ijtimoiy-ma’naviy hayotimizdagi sodir bo‘layotgan hodisaalar ijtimoiy fanlarning zimmasiga o‘quv va tarbiya jarayonini takomillashtirishdek muhim vazifani qo‘ymoqda. Bu jarayonda axloq falsafasi fani o‘z oldiga yosh avlodni axloqiy jihatdan tarbiyalash tizimini takomillashtirishni asosiy vazifalaridan hisoblaydi. Shuningdek, axloq falsafasi oldida qator global muammolarni hal qilishdek o‘ta muhim vazifalar ham bor. Ya’ni, biz yashayotgan texnikaviy muhitda axloqiy muhitni barqaror etish umumsayyoraviy falokat hisoblanuvchi masalalarni hal qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.