Musiqa tarixi ( Rus musiqa tarixi) II-qismi
- Author: Raxmonov U, Tursunova L, Soliyev A
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Farg‘ona
- Year: 2024
- Views: 104
Mazkur o‘quv – o‘quv qo’llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasaruffidagi pedagogika universiteti va institutlari musiqa ta’limi yo‘nalishi bakalavr talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan, amaliyotga joriy etilgan “Musiqa tarixi” fan dasturi asosida tayyorlandi. Ushbu o‘quv – qo‘llanma uch qismdan iborat bo‘lib, ikkinchi qismi “Musiqa tarixi” bo‘lib, bunda rus kompozitorlarini jahon musiqa tarixiga hissa qo‘shgan ijodiy faoliyatlari yoritilgan. O‘qitish jarayonida talabalarga rus musiqasi madaniyati tarixiy taraqqiyoti, asosiy yo‘nalishlari, janr va shakllari haqida ma’lumot berish, jahon klassik musiqasiga xos bo‘lgan badiiy ifoda vositalarini va turli xil janrdagi asarlarining mazmunini idrok etishga o‘rgatish, Rus kompozitorlarining ijodiyoti hamda badiiy jihatdan ahamiyatli asarlari bilan tanishtirish, har bir kompozitorning kasbiy mahorat jihatlarini aks ettiruvchi xususiyatlarini yoritib berilgan. Shu bilan ta’lim berish jarayonida talablarda musiqiy ifodalilikka nisbatan ongli taffakkurni tarbiyalash va uni idrok etish qobiliyatini shakllantirish hamda rivojlantirish, musiqiy-estetik didini to‘g‘ri yo‘naltirish va boyitish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish, talabalarni musiqa o‘qituvchisi sifatida amaliy faoliyatga tayyorlashgan ahamiyat berilgan.