Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi
- Author: М. I. Nuriddinova
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2005
- Views: 26
0 ‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani boshlang‘ich sinflarda amalga oshirishda tabiatshunoslik fani muhim rol o'ynaydi. Bu predmetni o ‘rganish kichik yoshdagi o ‘quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to'g'risida bilimlar to‘plashga imkon beradi. Shuning uchun ham pedagogika oliy o ‘quv yurtlarining talabalari, ayniqsa, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o'qituvchilari, pedagogik o'quv predmeti sifatida tabiatshunoslikni o'qitish fanining ilmiy-nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi tanish bo'lishlari kerak