Maktabgacha pedagogika” fanidan o’quv–uslubiy majmua
- Author: Abdullayev D
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Namangan
- Year: 2025
- Views: 27
Didaktik o'yinlarning muhim elementi qoidalar hisoblanadi. Qoidalarni bajarish o'yin mazmunini amalga oshirishni ta'minlaydi. Didaktik o'yin ta’lim bilan bevosita bog'liq bo'lib, unga yordam beradi. Didaktik o'yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va imkoniyatlariga mos keladigan ta’lim berish metodidir. Tajribali tarbiyachi bu o'yindan passiv bolalarni jamoaga aralashtirish, har xil rejalar, vazifalarni qo'rqmasdan bajarishlari uchun foydalanadi. Didaktik o'yinni amalga oshirishda har doim g'oyaviylik prinsipiga asoslanish kerak. Didaktik o'yin tarbiyachining vazifa hamda maqsadlariga muvofiq kelishi lozim. Didaktik o'yinlar bolalarning birgalikda o'ynab, o'z manfaatlarini jamoa manfaatlari bilan uyg'unlashtira olishi, bir-biriga ko'maklashish va o'rtog'ining muvaffaqiyatidan xursand bo'lishi kabi yaxshi munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi. O'yinlar shaxsning sofdillik, rostgo'ylik kabi ijobiy xislatlari shakllanishiga imkon beradi.