International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences
- Muallif: BARAKAYEVA GAVXAR LUQMONOVNA
- Tili: O'zbek tilida
- Yozuv: Lotin yozuvida
- Nashriyot: Interscience-service MCHJ
- Yili: 2024
- Koʻrishlar: 17
Har qanday jamiyat rivojining, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, axloqiy taraqqiyotining.
Ilm-fan rivojining eng muhim omili ta’lim hisoblanadi. Oqilona tashkil etilgan ta’lim
tizimi mamlakatni jahon miqyosida eng tezkor, eng natijador darajada ilgarilab ketishiga
ta’sir eta oladi. Bugun jahon mamlakatlari oqilona ta’lim iqtisodiy taraqqiyot uchun eng
samarali vosita ekanligini anglab yetdi. Vaholanki, jahonning eng rivojlangan
mamlakatlari o‘z ta’limini taraqqiy etishi orqali iqtisodiy yuksalishga erishganligi
ma’lumdir. Oqilona ta’lim jarayonida pedagogik faoliyat muhim hisoblanadi. Pedagogik
faoliyat esa, har bir mamlakatning milliy rivojlanish tarixi, mentaliteti, milliy an’analari
va qadriyatlari bilan uyg‘unlikda shakllanadi. Shu boisdan ham qaysidir rivojlangan ta’lim
modeli boshqa bir mamlakatda joriy etilishi juda murakkab sanaladi. Rivojlangan ta’lim
modellarini qachonki, milliy mentalitet, milliy ong, milliy xudud, milliy xarakterdan kelib
chiqqan holatda joriy etilsagina, konstruktiv natijaga erishish mumkin bo‘ladi. Bu
jarayonda esa milliy an’ana va qadriyatlarning ta’sir vositasidan foydalanish samarali
hisoblanadi. Bundan kelib chiqqan holda, tadqiqot ishining ushbu paragrafida o ‘zbek
milliy pedagogikasida bayon etilgan sog‘lomlashtirish mavzusi bilan bog‘liq muammolar
va ularning yechimi, milliy pedagogikada sog‘lomlashtirishning estetik masalalari
falsafiy-konseptual tahlil etiladi.