OLIY TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH: DOLZARB TENDENSIYALAR VA STRATEGIYALAR
- Muallif: Sh.Sh.Negmatova
- Tili: O'zbek tilida
- Yozuv: Lotin yozuvida
- Nashriyot: Samarqand
- Yili: 2026
- Koʻrishlar: 33
“Oliy ta’lim tizimini takomillashtirish: dolzarb tendensiyalar va strategiyalar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallarida oliy ta’limni modernizatsiya qilish,
xalqaro standartlarga moslashtirish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini
jadallashtirish borasida olib borilayotgan tadqiqotlar, oliy ta’lim tizimidagi mavjud
muammolar va ularning yechimlari, ushbu yo‘nalishdagi xalqaro tajribalar va ularni o‘rganish
masalalari, shuningdek, oliy ta’lim sifat-samaradorligini oshirishda uzviylik va uzluksizlik,
innovatsion ta’lim texnologiyalarining imkoniyatlari, ta’lim sifati va o‘quv jarayonlarini
loyihalash kabi jihatlar yoritilgan. Mazkur to‘plam professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar
tomonidan oliy ta’lim tizimi sohasida xalqaro hamda respublika miqyosida amalga
oshirilayotgan ishlarning dolzarb masalalarini muhokama qilish imkonini beradi va bu
boradagi izlanishlar uchun muhim tadqiqot manbasi bo‘lib xizmat qiladi.