Ona tili 7-sinf
- Author: Mahmudov N.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Ma`naviyat
- Year: 2026
- Views: 69
Donishmandlar: «Til - dilning kaliti», - deb bejiz aytmaganlar. Hayotda har bir insonning qalbiga yo`l topish vositasi til ekanini Siz ham yaxshi bilasiz, albatta. Modomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o`rganmoqning foydasi nechog`lik katta ekani ayondir. Siz 7-sinfda 6-sinf «Ona tili» darsligidan olgan bilimlaringizni boyitasiz, yana yangi-yangi ma`lumotlar olasiz, o`rgangan nazariy bilimlaringizni bir-biridan qiziq mashqlarga tatbiq etib, amaliy mashg`ulotlar bilan shug`ullanasiz. 7-sinf «Ona tili» darsligi mustaqil fikrlashingiz, to`g`ri xulosalar chiqara olishingiz, so`z boyligingizning oshishi, to`g`ri talafiuz va puxta imlo sohibi bo`lishingiz yo`lida Sizga hamroh va yordamchi bo`la oladi. Aziz o`quvchilar! Ona tilingizning sir-asrorlarini chuqur o`rganish boshqa fanlar eshigini oson va dadil ochishingizda muhim omil bo‘lishini his qilgan holda uni mehr bilan o‘rganing. Bu yo`lda Sizlarga sabot va g‘ayrat tilaymiz.