Ilg‘or funksional materiallar
- Author: A.R.Baymirzayev
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Omadbek print number one
- Year: 2026
- Views: 91
Darslik texnika oliy o'quv yurtlari, asosan, 70720301 Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi yo'nalishi magistrlari va boshqa texnika sohalari yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, ilg'or funksional materiallar, ularning tuzilishi, xossalari, qo'llanilish sohalari va texnologik asoslarini tizimli tarzda o'rganishga bag'ishlangan. Xotiraga ega qotishmalar, nitinol, polimer, keramika va kompozitsion materiallar, nanomateriallar, biomateriallar, supero'tkazuvchilar va magnit materiallarning ilmiy asoslari va amaliy qo'llanilishi batafsil yoritilgan. Shuningdek, yadro energetikasi, additiv ishlab chiqarish (3D printing), energiya saqlash texnologiyalari, zamonaviy materiallarning ekologik jihatlari hamda kompyuter simulyatsiyasi kabi dolzarb mavzular ham darslikning markaziy qismlaridan biri hisoblanadi. Materiallarning mexanik, fizik-kimyoviy, issiqlik, elektr va optik xossalari, ularning sanoat va kundalik hayotdagi qo'llanilishi ko'plab misollar bilan taqdim etilgan.