JISMONIY TARBIYA VA SPORT (Мilliy va harakatli o‘yinlar)
- Author: O.L.Fayziyeva
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Javohir-ilm-nashr
- Year: 2026
- Views: 67
Milliy va harakatli o‘yinlar bolalar va o‘smirlarni tarbiyalashda eng muhim va amaliy vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Milliy va harakatli o‘yinlar turli xarakterdagi to‘siqlarni engish hamda har xil xislat va qobiliyatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy mashqlarning turli kompleksini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, odatda bolalarga quvonch baxsh etadigan musobaqa momentlari ham harakatli o‘yinlar jumlasiga kiradi. Ma’lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o‘yinlari taqlid qilish xarakteriga ega bo‘ladi. Bola tevarak - atrofdagi borliqni kuzatadi, uning elementlarini o‘yinga kiritadi va shu o‘yin vositasida o‘zini qurshab turgan olamni bilib oladi, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo bo‘ladi.