Matematik analiz asoslari 2-qism
- Author: Azlarov T., Mansurov H.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2007
- Views: 66
«Matematik analiz asoslari» kursining I-qismida bir o’zgaruvchili funksiyalar batafsil o’rganildi.Ko’p o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasida ham bir o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasidagidek, funksiya va uning limiti, funksiyaning uzluksizligi va xakazo kabi tushunchalar o’rganiladi. Bunda bir o’zgaruvchili funksiyalar haqidagi ma’lumotlardan muttasil foydalana boriladi. Ma’lumki, bir o’zgaruvchili funksiyalarni o’rganishni ularning aniqlanish to’plamlarini (sohalarini) o’rganishdan boshlagan edik. Ko’p o’zgaruvchili funksiyalarni o’rganishni ham ularning aniqlanish to’plamlarini (sohalarini) bayon etishdan boshlaymiz.