город Самарканд, проспект Спитамена, 166

(66) 222-37-54

Odam anatomiyasi atlas. 1-tom Tayanch-harakat tizimi

Odam anatomiyasi atlas. 1-tom Tayanch-harakat tizimi

  • Автор: Sh.J.Teshayev, E.A.Xaribova
  • Язык:
  • Алфавит:
  • Издательский:
  • Год: 2018
  • Просмотры: 70
Зарегистрируйтесь для чтения

Odam anatomiyasi- fundamental tibbiy fan bo'lib, inson ta'nasidagi a'zolar tizimini yaxlit va har bir a'zoni alohida o'rganadi, ularni vazifasiga bog'liq ravishda rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq qiadi.Ushbu atlas-darslik esa anatomiya fanini o'qitishdagi barcha yangiliklarni qamrab olib, o'qitishni yangi bosqichiga olib chiqadi. Yaratilgan ushbu atlas A.L.Yevdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot -stomatologiya universiteti va Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot instituti professor -o'qituvchilarining hamkorlikdagi birinchi ishlari hisoblanadi. Atlas-darslik nafaqat tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalari, magistrlar va klinik ordinatorlar uchun, balki tabiiy faoliyat bilan shug'ullanayotgan barcha xodimlar uchun ham foydadanxoli emas. Atlas-darslik 3 tomdan iborat bo'lib, anatomik atamalarning nomlari 4 ta tilda (lotin, o'zbek, rus, ingliz) berilgan. Darslikda 1500 dan ortiq yuqori sifatga ega rasmlar, jadvallar, va rentgenogrammalar keltirilgan bo'lib, o'quvchi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Rasmlarni tavsiflovchi yozuvlar, atamalar rangli shrifda berilgan, rasmlar ostida esa atamalarning ingliz tilida tarjimasi keltirilgan. Rus, ingliz va lotin tilida anatomik terminlar 2003 yildagi "Xalqaro Anatomik terminlar tasnifi"ga asoslanib tayyorlandi, o'zbek tilidagi anatomik terminlar esa 2007 yildagi professor F.N.Baxadirov tahriri ostida chiqarilgan "Xalqaro Anatomik terminoligiya"ga asoslangan.