O'ZBEKISTON-FINLANDIYA TA'LIMI VA BARKAMOL AVLOD TARBIYASI MUAMMOLARI
- Author: J.Ya.Yaxshilikov
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Samarqand
- Year: 2024
- Views: 80
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman “O‘zbekiston-Finlandiya ta’limi va barkamol avlod tarbiyasi muammolari” mavzusida o‘tkazilishi mamlakatimida barpo etilayotgan Yangi O‘zbekistonni yuksak taraqqiyot bosqichiga olib chiqish maqsadiga qaratilgan. Bu ta’lim sohamizdagi olib borilayotgan islohotlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, Prezidentmiz Sh.M.Mirziyoyev o‘zining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilliginning o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida “Men doimo ta’lim, ta’lim, muallim, mualim”, deb ta’kidlashi bejiz emas edi. Yangilanayotgan O‘zbekiston ta’lim islohatlarini yanada jadalashtirish, uning sifati va mazmunini oshirish, ta’lim jarayonini rivojlantirishning konseptuvalmetodologik asoslarini ishlab chiqarish, ta’limda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish - ustuvor ahamiyat kasb etayotgan eng muhim omillardir. Shuningdek, sohaga xorij tajribasini keng joriy etish, xususan, ta’limda O‘zbekiston-Finlandiya hamkorligining umumnazariy va amaliy masalalarni ilmiy asoslash va yoritish mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarning pirovard maqsadini ifodalaydi. Ushbu to‘plam barkamol avlod tarbiyasidek ezgu jarayonning faol ishtirokchilari bo‘lmish pedagoglar, olim va mutaxassislar, magistrlar, talaba yoshlar
va barcha qiziquvchilarga mo‘ljallangan.