166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

ABDURAUF FITRAT MA’NAVIY FALSAFIY MEROSINING YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTON YOSHLARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDAGI O‘RNI

ABDURAUF FITRAT MA’NAVIY FALSAFIY MEROSINING YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTON YOSHLARINI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDAGI O‘RNI

  • Author: ISOMIDDINOV YO‘LDOSH YUSUBBOYEVICH
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: “Samarqand davlat chet tillar instituti”
  • Year: 2025
  • Views: 110
Read book Download book

Monografiyada Abdurauf Fitratning boy ma’naviy-falsafiy merosi  asosida O‘zbekiston yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari  keng yoritilgan. XXI asrda jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy  o‘zgarishlar sharoitida milliy g‘oyalar va ma’naviy qadriyatlarni yoshlar  ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Monografiyada Fitratning  milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy adolat va vatanparvarlik g‘oyalari  zamonaviy yoshlar tarbiyasida qanday o‘rin tutishi chuqur tahlil qilingan.  Fitratning  ma’naviy-falsafiy  merosini  bugungi kundagi dolzarb  muammolarni hal etishda va yoshlar ongiga vatanparvarlik g‘oyalarini  singdirishda samarali manba ekanligini ko‘rsatadi. Fitratning g‘oyalari  zamonaviy jamiyatning ma’naviy-mafkuraviy asoslarini mustahkamlash,  yoshlarni ijtimoiy mas’uliyat va milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda muhim  vosita sifatida e’tirof etiladi. Mazkur monografiya falsafa, tarix sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar va ma’naviyat masalalariga qiziquvchilar  uchun muhim ilmiy-amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.