Neyropedagogika. Neyrologopediya
- Author: F.U. Qodirova, N.A. Egamberdiyeva, S.A. Axrorova, Sh.M. Yusupjanova
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Ilm nuri print
- Year: 2026
- Views: 91
Ushbu o'quv qo'llanmada "Neyropedagogika va neyrologopediya" kursining asosiy nazariy hamda metodik masalalari kompleks yondashuv asosida yoritilgan. Unda mazkur fanlarning predmeti, maqsadi va vazifalari, shuningdek, nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarning psixofiziologik va neyropsixologik xususiyatlari keng tahlil qilingan.Mazkur o'quv qo'llanmada neyropedagogika fanining maqsad va vazifalari, kognitiv neyrologiyaning asoslari, miya va ta'lim o'rtasidagi bog'liqlik, bolalarning neyropedagogik xususiyatlari va bilish jarayonlari, inson nerv sistemasining tuzilishi hamda oliy nerv faoliyati kabi fundamental masalalar tizimli ravishda yoritilgan. Shu bilan birga, neyropedagogikaning tamoyillari va tarmoqlari, imkoniyati cheklangan o'quvchilarning neyropedagogik diagnostikasi, yetakchi yarimsharni aniqlash usullari, reprezentativ tizimlar va ularning ishlash dinamikasi ilmiy asosda tahlil qilingan.