Hallo nederlands!
- Author: Rahmonkulova Habiba Sodiqovna
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: OLAM PRINT
- Year: 2026
- Views: 80
Mazkur o'quv qoʻllanma Respublikamizdagi barcha golland tilini oʻrganuvchilar uchun moʻljallangan. Ushbu qoʻllanma yangi boshlanuvchilar uchun yaratildi. Oldindan ma'lumotga ega boʻlmagan talabalarni boshqaradi va ularni oʻzlarining til darajalari boʻyicha muntazam imtixonlarga tayyorlaydi. Oʻquv qoʻllanmada A1-1 ni oʻz ichiga olgan har bir qism uchun 11 ta qisqa darslar mavjud. Har bir dars uchun kirish saxifasi dars mavzusini tanishtirish maqsadida qiziqarli surat bilan boshlanadi. Darslarda oʻquvchilarning golland tilida ijodiy yozish koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradigan yozma topshiriq va mashqlar ham mavjud. Ushbu oʻquv qo'llanma til o'rganuvchilarda til ko'nikmalarini, ya'ni o'qib tushunish, soʻzlashish va yozish kabilarni turli xil mashqlar va vazifalar orqali rivojlantirishda yordam beradi va talabalarning amaliy mashg'ulotlardan tashqari mustaqil til o'rganishlari va tili oʻrganilayotgan mamlakatning madaniyati va turmush tarzini yaqindan oʻrganishlariga yordam beradi. Ijodiy yozma topshiriqlar talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Talabalar yozma ishlaridan foydalanib, oʻzlarining individualligi va ijodkorligini ifoda etishlari mumkin. Ijodiy yozuv leksik va grammatik ko'nikmalardan foydalanadi, ijodiy yozish lug'atni kengaytiradi, chet tilini oʻrganishga qiziqishni oshiradi, diqqat, xotira va vizual xotirani rivojlantiradi.