Jismoniy tarbiya va sport
- Author: Ochilov Elbek Olimovich
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: ZUXRO BARAKA BIZNES
- Year: 2026
- Views: 66
Ushbu o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalari 60230400 - Kompyuter lingvistikasi yo'nalishiga mo'ljallangan boʻlib, unda jismoniy madaniyat va sport fanidagi usullar ko'rsatib berilgan. O'quv qo'llanmada berilgan ma'lumotlar Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi ishchi rejasiga kiritilgan mavzularni qamrab olgan. Mazkur o'quv qoʻllamna jismoniy madaniyat va sport fanidagi mashg'ulot jarayonlarida qo'llash mumkin. Mustaqillik davrida davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari doirasida jadal taraqqiy etib kelayotgan jismoniy tarbiya va sport so'nggi yillarda prezident Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan tamomila yangi bosqichga ko'tarildi. Mazkur jarayonni tartibga solish maqsadida qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Ushbu o'quv qo'llanmaning asosiy maqsadi - yuqorida sanab o'tilgan sport turlari bo'yicha talabalarga, sportchilarga va o'qituvchilarga ilmiy-metodik asosda yordam berish, mashg'ulotlarni samarali rejalashtirish, amaliyotga tatbiq etish va natijadorlikni oshirishga yo'naltirilgan tizimli tavsiyalarni taqdim etishdan iboratdir. Mazkur qo'llanma doirasida voleybol, basketbol, futbol, gandbol, yengil atletika va gimnastika sport turlarining nazariy asoslari, amaliy mashg'ulot tizimi, metodik xususiyatlari va jarohatlarning oldini olishga oid tavsiyalar bir butun holatda yoritilgan. Har bir sport turiga bag'ishlangan bo'limlarda talabalarning yoshi, tayyorgarlik darajasi, jismoniy va texnik-harakat ko'rsatkichlari inobatga olingan. So'nggi yillarda mamlakatimizda, jumladan, eng chekka hududlarda ham zamonaviy sport inshootlari barpo etilmoqda. Bugungi kunda mazkur inshootlar yoshlar va aholiga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Jismoniy tarbiya va sport sohasida