166 Spitamen shah street, Samarkand city

(66) 222-37-54

“GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY ILMIY YO‘NALISHLARI”

“GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY ILMIY YO‘NALISHLARI”

  • Author: Sh. Sirojiddinov
  • Language: O'zbek tilida
  • Writing: Lotin yozuvida
  • Publisher: Toshkent
  • Year: 2022
  • Views: 61
Sign up for read

Oliy ta’lim mamlakatning ertangi taraqqiyotini belgilab beradigan, jamiyat 
hayotining barcha jabhasini isloh etishda hal qiluvchi vazifani bajaradigan muhim ta’lim 
bosqichi hisoblanadi. Shuning uchun ham mehnat bozorida raqobatdosh, yuqori malakali 
kadrlar tayyorlash, oliy ta’lim tizimi sifati va samaradorligini tubdan oshirish har bir 
mamlakat ijtimoiy siyosatining asosiy negizini tashkil etadi. Mazkur masalani hal qilishda 
ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘ziga xos o‘rni bor. 
Mazkur to‘plam Alisher Navoiy nomidagi  Toshkent  davlat oʻzbek tili va adabiyoti 
universitetida 2022-yil 19-aprelda tashkil etilgan “Gumanitar fanlarni o‘qitishning 
zamonaviy ilmiy yo‘nalishlari” mavzusidagi respublika miqyosida o‘tkazilgan 2-an’anaviy 
ilmiy-amaliy onlayn konferensiya materiallaridan iborat. 
Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2022- yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga 
muvofiq tashkil etilgan. Ilmiy anjumanda respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida, kasbiy 
ta’lim hamda umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, 
ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan respublikamiz 
olimlari, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarning maqolalari jamlangan.