город Самарканд, проспект Спитамена, 166

(66) 222-37-54

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI

  • Автор: Ne’matulla Ibrohimov
  • Язык: O'zbek tilida
  • Алфавит: Lotin yozuvida
  • Издательский: «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi
  • Год: 2004
  • Просмотры: 730
Зарегистрируйтесь для чтения

ABBOSIYLAR - arab xalifalari sulolasi (750-1258), Muhammad (sav) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim qo‘zg‘oloni natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti - Kufa sh. "Saffoh" ("Xunrez") laqabi bilan mashhur bo‘lgan Abul Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Ja’far Mansur (754-775) Bag‘dod sh.ga asos solib, poytaxtni shu yerga ko‘chirdi. A. hukmronligining dastlabki davrida mulkchilik munosabatlari o‘sib, savdo-sotiq rivojlandi. Bag‘dod Sharqning yirik savdo markaziga aylandi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tabiiyot va b. fanlarga oid ko‘plab asarlar yaratildi. Andalusiya (Ispaniya) dan tashqari butun musulmon mamlakatlari - Mag‘rib, Hindiston, Movarounnahr A. qo‘li ostiga o‘tdi.