O`ZBEKISTONNING TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRISH MUAMMOLARI
- Автор: Jo`rayeva O.
- Язык: O'zbek tilida
- Алфавит: Lotin yozuvida
- Издательский: Namangan
- Год: 2014
- Просмотры: 690
Bizga ma’lumki O`zbekistonning tabiati va tabiiy boyliklari nihoyatta xilma xil bo`lib, ularni o`rganish va tadqiq etish ko`p jixatdan dolzarb masala hisoblanadi. O`zbekistonning tabiatini mukammal tarzda o`rganish uchun uning hududlarini tabiiy geografik rayonlarga ajratish katta ahamiyatga ega. Negaki hududi katta bo`lgan O`zbekistonning turli qismlarida tabiiy geografik xususiyatlar ham turlichadir. Ya’ni hududlar o`rtasida tabiiy geografik xususiyatlar jixatdan o`ziga xos tafovut yuzaga kelgan. Buni biz eng avvalo mamlakatning turli hududlari bo`ylab turlicha joylashgan relyef, iqlim, suv va tuproq resurslari hamda yer osti foydali qazilmalari misolida yaqqol ko`rishimiz mumkin