SAN’AT DARG’ALARI HAQIDA XOTIRALAR
- Автор: Hamidulla Akbarov
- Язык: O'zbek tilida
- Алфавит: Lotin yozuvida
- Издательский: Marifat
- Год: 2008
- Просмотры: 503
Dastlabki uchrashuvda Rahim aka meni biroz uyaltirgan edi. Moskvadan kelgan rejissyor bilan
kinochilar uyushmasida suhbat qurib o‘tirganimizda choy keltirishdi. Yig‘ilganlar orasida eng yoshi
men ekanman, shoshib-pishib piyolalarga ko‘k choy quya boshladim. Shunda Rahim aka sekin
choynakni oldiga tortdi. Choyni uch marta asta qaytardi, har gal izoh berib turdi: “Ana loy bo‘ldi, ana
moy bo‘ldi, nihoyat choy bo‘ldi. Endi quying”, deb choynakni menga uzatdi.
O‘sha kuni birgina savolimga javob olgandim. «Ko‘p rollarni o‘ynagansiz, birortasida oldin topilgan
ijro texnikasini, xatti-harakatingizni, imo-ishorangizni, xullasi, ijro yo‘lingizni qaytarmadingiz.
O‘zingizni cheklaysizmi, kamera ro‘parasidagi harakatingizni nazorat qilib borasizmi?» deb so‘ragan
edim, aktyor darhol javob berdi: