“MASNAVIY”DAN IBRATLI HIKOYALAR
- Author: Jaloliddin RUMIY
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Year: 2012
- Views: 253
Ko‘chada shoshib ketayotgan bir odamdan so‘rashdi: — Nega buncha shoshyapsan? Ranging ham o‘chgan, nima bo‘ldi. Odam aytdi: — Eshitmadingmi hali? Shahar sultonining ko‘ngli uchun bozordagi eshaklarni so‘yib, terisini shilib, ichiga somon to‘ldiryaptilar. — Xo‘sh,xo‘sh? Lekin sen odamsan-ku? — To‘g‘ri, ammo sultonning odamlari bu ishga shunday sho‘ng‘iganlarki, ularga kimligimni anglatgunimga qadar, terim qo‘ldan ketishi mumkin...