“GAZLAMASHUNOSLIK”
- Author: Hamraeva S.A.
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher: Buxoro
- Year: 2006
- Views: 126
Hozirgi paytda, ayniqsa respublikamiz bozor iqtisodiyoti sharoitida
barcha tikuvchilik sanoati korxonalarining oldida turgan eng dolzarb
muammolardan biri – axolini sifatli xamda bejirim kiyim kechaklar bilan,
ularning moddiy va manaviy yashash darajasini oshirishni ta`minlashdan
iborat.
Tikuvchilik sanoati axolini sifatli kiyim kechaklar bilan ta`minlashi
uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sanoat korxonalarini
zamonaviy asbob uskunalar bilan jixozlash, materiallarning assortimentlarini
kengaytirish lozim.
Keyingi vaqtlarda tikuvchilik sanoatining xom ashyo bazasi gurkirab
rivojlanmoqda. Chunki , asosiy xom ashyoni etkazib beruvchi to`qimachilik
sanoatining tarmoqlari kengaymoqda. Respublikamizda bir qancha qo`shma
korxonalarning ochilishi buning isbotidir. Masalan, Andijondagi "ASSAM
- tektsil", "Shaxriipak" qo`shma korxonasi, Fargonadagi "Salomat" Uzbek –
Ruminiya qo`shma korxonasi, Namangan viloyatidagi "Namangan -
Yurteks" Uzbek – Rossiya qo`shma korxonasi, Qarshidagi "Qarshiteks"
Uzbek – Turkiya qo`shma korxoansi, Qobul – To`ytepa tektsil, xamda
Italiya bilan xamkorlikdagi "Spining silk" qo`shma korxonalar shular
jumlasidandir.