1918 – 1939-YILLARDA XALQARO MUNOSABATLAR
- Author: Azamat NAVRUZOV
- Language: O'zbek tilida
- Writing: Lotin yozuvida
- Publisher:
- Year: 2022
- Views: 275
Parij yaqinidagi Versal saroyida 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha 27 davlat vakililari
ishtirokida tinchlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada hal qiluvchi rolni «Katta uchlik» – Buyuk
Britaniya va Fransiya bosh vazirlari Devid Lloyd Jorj, Jorj Klemanso va AQSH prezidenti Vudro Vilson
o‘ynadi. Konferensiya jarayonidagi uzoq tortishuvdan so‘ng Germaniya bilan sulh shartlari kelishildi. 1919-
yil 28-iyunda Germaniya Versal tinchlik shartnomasini imzoladi. Shartnomaga ko‘ra, Germaniya Birinchi
jahon urushining boshlanishi uchun yagona javobgar deb e’lon qilindi.