город Самарканд, проспект Спитамена, 166

(66) 222-37-54

RIYOZUS-SOLIHIYN

RIYOZUS-SOLIHIYN

  • Автор: ABU ZAKARIYO YAHYO IBN SHARAF NAVAVIY
  • Язык: O'zbek tilida
  • Алфавит: Lotin yozuvida
  • Издательский: “Movarounnahr”
  • Год: 2004
  • Просмотры: 1558
Зарегистрируйтесь для чтения

Butun olamlarning Yaratguvchisi va Parvardigori Alloh taologa behisob hamd-shukrona 
bo‘lsin, Uning rasuli Muhammad (s.a.v.), u zotning ashobi hamda ahli baytiga ko‘pdanko‘p salovotu durudlar yog‘ilsin! 
Qo‘lingizdagi ushbu kitob Islom olamining mo‘‘tabar va mashhur olimlaridan imom, 
faqih, muhaddis, hofiz Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf an-Navaviy qalamiga mansub 
bo‘lib, o‘zining sahihligi, ishonarliligi, daqiqligi, Qur’oni karim va Sunnati nabaviyya 
asosida mo‘min-musulmonlarni hidoyatga chorlash, imonini yuksaltirish, axloqini 
o‘nglashda katta xizmati tufayli islomiy o‘lkalarda ma’lum va mashhur. Bu mo‘‘tabar 
asarni mashhur yurtdoshimiz Sayyid Mahmud ibn Sayyid Nazir at-Taroziy al-Madaniy 
(Oltinxon to‘ra) o‘tgan asr boshlarida o‘zbek tiliga mohirona tarjima qilib, arab imlosida 
nashr ettirgan edilar. Sho‘rolar tuzumi barham topganidan keyin kitob ana shu tarjima 
asosida joriy imloga tabdil qilinib, Namangan va Marg‘ilon nashriyotlarida ko‘p nusxada 
chop etildi. Ammo Oltinxon to‘ra tarjimalaridagi ayrim so‘zlar hozirgi kitobxonlarga 
tushunarsiz yoki izohtalab bo‘lgani, buning ustiga arab imlosidan kirill imlosiga tabdil 
qilish chog‘ida ko‘plab imloviy xatolarga yo‘l qo‘yilgani, qolaversa, u tugal tarjima 
qilinmagani bois musulmonlar o‘rtasida uncha ommalashmadi.