ТIKUVCHILIK ТEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI
- Муаллиф: N. Gaipova, M. Tursunxo‘jayeva, Q. Abdullayeva, X. Boboxonova
- Тил: O'zbek tilida
- Ёзув: Lotin yozuvida
- Publisher: Toshkent
- Йили: 2016
- Кўришлар: 1179
Ushbu o‘quv qo‘llanma maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar
yo‘nalishi bo‘yicha tikuvchilik to‘garagi tashkilotchilarini tayyorlaydigan
pedagogika kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanma
ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida ayollar va bolalar yengil kiyimlarini
yakka tartibda ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan tikuvchilik texnologiyasi asoslari:
tikuv buyumlari turlari, qo‘lda va mashinada bajariladagan ishlar, tikuv
buyumlarini namlab-isitib ishlash va tikuv buyumlari detallariga ishlov berishning
zamonaviy usullari haqida umumiy ma‘lumotlar berilgan.
O‘quv qo‘llanmaning ikkinchi qismida tikuvchilik jihozlari, tikuvchilik
sohasida qo‘llaniladigan yangi asbob-uskunalar va moslamalar, kichik
mexanizatsiya vositalari bo‘yicha ma‘lumotlar berilgan.
Qo‘llanmadan tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan
boshqa kasb-hunar kollejlarining talabalari, shuningdek, tikuvchilik sohasiga
qiziqadigan kitobxonlar ham foydalanishlari mumkin.